2026-yildan boshlab maktabgacha va maktab ta'limi sohasida qanday o'zgarishlar bo'ladi?

2026-yildan boshlab maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga doir ko‘plab yangiliklar amaliyotga joriy etiladi. Quyida muhim oʻzgarishlarni havola etamiz.

 

➡️ 2026-yildan boshlab:

➖  har ikki yilda bir marta “Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari oʻtkaziladi. Tanlovlar gʻoliblari bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

➖  har bir viloyatda bogʻcha tarbiyachilari pedagogik mahoratini oshirishga metodik koʻmaklashuvchi tayanch “Yangi avlod” bogʻchalari barpo qilinadi;

➖  10 dan ziyod xalqaro tashkilotlar, 500 ta nufuzli oliygoh rektorlari, 1 mingdan ortiq xalqaro ekspertlar ishtirokida Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi oʻtkaziladi;

➖  kamida 15 yil stajga ega boʻlgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlangʻich badalining 25 foizi qoplab beriladi;

➖  pedagoglar uchun davlat xizmatlari toʻlovi 2 karra kamaytiriladi;

➖  fan oʻqituvchilari kabi boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari uchun ham milliy sertifikat berish tizimi joriy qilinadi;

➖  bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga ishga kirgan pedagoglarga 2-malaka toifasi, magistrlarga 1-malaka toifasi beriladi;

➖  reytingda 100 talikka kirgan maktab va bogʻcha, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezdlar chipta narxlariga 15-20 foiz chegirma beriladi;

 

➡️ 2026-yil 1-yanvardan boshlab:

➖  “Kelajak” markazlarida oʻqiganlik uchun ota-onalar badali toʻlovi oyiga bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan belgilangan miqdorlarda toʻlanadi;

➖  umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktor va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.