Pensiya yoshidagi xodim yana ishlashda davom etsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum, pensiya yoshi yetsa ham rahbarlik qilish mumkinmi?

YURIST JAVOBI:

Nafaqaga chiqqan shaxs ishlamasligi kerak degan qoida yo‘q.

Aksincha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 167-son farmoniga ko‘ra, pensiya yoshiga yetganlarni ishdan bo‘shatish taqiqlanishi haqidagi qoidalar keltirilgan.

Undan tashqari, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga muvofiq (161-modda), ish beruvchi xodimning pensiya yoshiga yetganligi munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga ega emas.

 

@Yurist_Xizmati