➖Ta’lim va ilm-fan vazirligi
joriy faoliyat va tashkiliy ishlarga javob beradi. Ta’lim sifati, yangi maktablar, bolalar bog‘chalari va universitetlar qurilishi, shuningdek, tarbiya jarayoni va bolalar manfaatlarini himoyalash ularning tasarrufidadir.
➖Ta’limni rivojlantirish markazi
ta’lim laboratoriyasi vazifasini bajaradi. Markaz mutaxassislari darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, dasturlar va metodikalarni ishlab chiqadi, shundan so‘ng ularni amaliyotga joriy qiladi, monitoring olib boradi va takomillashtiradi.
➖Zafar Hoshimov rahbarligidagi guruh
mamlakatdagi o‘n mingta maktabning tuzilmasini tahlil qiladi. Ta’lim sifati va tuzilmasini yaxshilash bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida ichki biznes-jarayonlarni o‘rganadi hamda tizimdagi muammo va kamchiliklarni aniqlaydi.
➖Prezident Administratsiyasi
global masalalar — ta’lim sohasida strategiyani ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va umumiy siyosatni yuritish bilan shug‘ullanadi.